Fransiyalik aktyor Fransua Shatto Samarqandga keldi

0
157
marta koʻrilgan.

 Taniqli Fransiyalik aktyor Fransua Shatto 4 aprel kuni Oʻzbek davlat drama teatri rejissyori Olimjon Salimov hamrohligida Samarqandga yetib keldi.

Mehmonlarni Samarqand viloyati musiqali drama teatri direktori Kamoliddin Qorjovov kutib oldi. Moviy gumbaz ostidagi ertaklar shahri Samarqand, fransiyalik mehmonni oʻziga shunchalik maftun etganki, u toʻgʻri Registon maydoniga olib borishlarini iltimos qildi. Registon maydonida Ulugʻbek madrasasini koʻzdan kechirarkan Shatto janoblari “Nahotki men shu yerda buyuk siymo obrazini yarataman. Bu katta masʼuliyat”, degancha xayajonlarini yashira olmadi. Samarqand viloyati musiqali drama teatrida tayyorgarlik boshlab yuborildi.

Eslatib oʻtamiz joriy yilning 11-14 aprel kunlari Samarqand shahrida Fransiyadagi Temuriylar tarixi va sanʼatini oʻrganish assotsiatsiyasi tashkil topganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan xalqaro tadbirlar oʻtkaziladi.

Fransiyaning «Komedii Fransez» teatri aktyori Fransua Shatto Oʻzbek davlat drama teatri rejissyori Olimjon Salimov sahnalashtirgan «Ulugʻbek» spektaklida bosh qahramon obrazida sahnaga chiqadi. 

Mavluda ASQARXOʻJAYEVA, Oʻzbekiston madaniyat vazirligi matbuot kotibi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.