Tailandda yakuniga yetib borayotgan futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi bugun uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradi.
Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun ham kechadigan mazkur bahsda Avstraliya terma jamoasi unga raqiblik qiladi.
Boʻlajak bahs Bangkokdagi “Rajamangala” stadionida Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi. Oʻyinni BAAdan boʻlgan Muhammad Abdulla Hassan boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.