Futbolchilarimiz bugun OCH finali va Tokio-2020 yoʻllanmasi uchun maydonga chiqishadi

0
132
marta koʻrilgan.

Tailandda davom etayotgan futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionatida bugun yarim final uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Ulardan birida Oʻzbekiston OTJ Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Mazkur bahs gʻolibi nafaqat turnir finali, balki, Tokio-2020 Olimpiada yoʻllananmasiga ham ega boʻlishi bilan yanada ahamiyatli. Bugun vakillarimiz koʻk rangli libosda harakat qilishadi. Toshkent vaqti bilan 15:15 da boshlanadigan uchrashuvni yaponiyalik Ryuji Sato boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib oʻtamiz, ikkinchi final yoʻllanmasi uchun Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalari maydonga chiqishadi.

Oʻzbekiston  terma jamoaciga gujum.uz sayti butun mushtariylari nomidan omad va gʻalaba tilab qoladi!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.