Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tantanali ravishda kutib olindi

0
104
marta koʻrilgan.

Xabaringiz bor, Xitoy Taypeyi mamlakatida boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 3-oʻrin uchun bahsda Iroq terma jamoasini magʻlubiyatga uchratib, musobaqaning bronza medallariga sazovor boʻlgandi.

Kecha futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari yurtimizga qaytib kelishdi. Futzalchilarimizni Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro aeroporti”da Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi mutassaddilari, muxlislar, futzalchilarning yaqinlari va OAV vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Futzalchilarga Osiyo chempionatidaga yorqin oʻyin va bronza medallari uchun minnatdorchilik bildirilib, kelgusi musobaqalarda bundan ham katta natijalarga erishishlariga tilak bildirildi.

Shuningdek, futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Osiyo chempionati davomida ularni qoʻllab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytib, xalqaro maydonlarda Oʻzbekiston shaʼnini munosib himoya qilishga vaʼda berishdi.  

Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.