Futzal. Oʻzbekiston muddatidan oldin chorak finalda!

0
141
marta koʻrilgan.

Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal boʻyicha Osiyo chempionati ikkinchi tur uchrashuvida Oʻzbekiston terma jamoasi Tojikistonni 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratgani haqida avval xabar berib oʻtgandik.

Guruhdagi ikkinchi juftlikda Yaponiya terma jamoasi Janubiy Koreyani 5:2 hisobida taslim etdi. Shu tariqa Oʻzbekiston va Yaponiya terma jamoalari muddatidan avval chorak finalga yoʻl olishdi.
5 fevral kuni boʻlib oʻtadigan 3-tur uchrashuvida Oʻzbekiston Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Bu oʻyin guruhda qaysi jamoa birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallashini aniqlab beradi.
 
Guruh gʻolibi chorak finalda «A» guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi.
 
«A» guruhida Xitoy Taypeyi, Malayziya, Bahrayn va Vyetnam terma jamoalari joylashgan. 2-turdan soʻng musobaqa mezboni Xitoy Taypeyi 4 ochko bilan 1-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, 2-oʻrinda Malayziya terma jamoasi bormoqda.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.