GAZ KONDENSATINING SANOAT MIQYOSIDAGI YANGI ZAHIRALARI OCHILDI

0
215
marta koʻrilgan.

Yangi 2018 yil nafaqat Oʻzbekiston neftgaz tarmogʻi, balki butun mamlakat ahli uchun ham muhim va quvonchli  voqea bilan boshlandi. Qoraqalpogʻistondagi Ustyurt choʻllari hududida joylashgan Quyi Surgʻil maydonida gaz kondensatining yangi yirik zaxiralarini ochishga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2755-sonli «Oʻzbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologik qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida«gi qarori ushbu konni razvedka qilishga yangi turtki berdi. Shunga muvofiq «Oʻzbekgeofizika» Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Ustyurt platosida uglevodorodlarni qidirish ishlarini kengaytirdi.

Ustyurt zaminining sharoitlari juda murakkab. Qishda sovuq shamol, yozda esa quyosh nurlari ostida jazirama issiq kuzatiladi, boz ustiga suv yoʻqligi bu hududni yashash uchun yaroqsiz qiladi. Biroq ushbu unumsiz yerlarga kelgan tadqiqotchi-geologlar bu zaminda uglevodorodlar konlari, haqiqiy «zangori oltin»dan iborat tabiiy boyliklarni kashf etishga muvaffaq boʻldilar.

Mintaqadagi ogʻir sharoitlar va havo harorati tez-tez oʻzgarib turishiga qaramasdan, mutaxassislar 1-sonli burgʻilash minorasini oʻrnatdilar va birinchi quduqni ochishga kirishdilar. Yurtimiz tadqiqotchi-geologlarining taxminlari tasdiqlandi — quduqdan ilk tabiiy gaz chiqa boshladi.

Oʻtkazilgan kon-geofizika ishlari tufayli 2018 yil yanvar oyi boshlarida 3 600 metr chuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hamjamlaridagi zaxiralarini topishga erishildi.

Surgʻil koni mamlakat neftgaz sanoatini rivojlantirish dasturida yaqin istiqbol uchun muhim vazifalardan biriga aylandi. Uni ochish va foydalanishga topshirish qimmatbaho resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash, tarmoq infratuzilmasini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Yaqin vaqtlarda mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zaxiralari oʻsishini baholash ishlari bajariladi va Quyi Surgʻil konida geologik qidiruv ishlarning yangi yoʻnalishlari yuzasidan samarali takliflar tayyorlanadi.

«Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot markazi

 Timur Kaysarov fotosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.