Geologiya sohasidagi ishlarning joriy holati va istiqbollari koʻrib chiqildi

0
61
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni geologiya ishlarini kengaytirish, foydali qazilmalarning istiqbolli konlarini aniqlash va oʻzlashtirish rejalariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirish boʻyicha qoʻyilgan katta marralarga erishishda iqtisodiyotni mineral resurslar bilan taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda yurtimizda geologiya sohasini transformatsiya qilish doirasida uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, ilmiy izlanishlar va kadrlar tayyorlash kuchaytirildi.

Taqdimotda sohada qilingan ishlar, foydali qazilmalarni aniqlash va oʻzlashtirishga xorijiy hamkor va investorlarni jalb qilish rejalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda geologiya-qidiruv ishlari oldingi davrga nisbatan 3 barobar oshdi. 3D seysmorazvedka, aerogeofizika, kosmogeologiya, raqamli geologiya kabi ilgʻor usullarni joriy etish boshlandi. Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, hozirgi kunda 1,5 ming nafar yoshlar zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallamoqda.

Shuningdek, geologiya ishlari sohasidagi loyihalarga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qonunchilik bazasi takomillashtirildi va boshqa zarur sharoitlar yaratildi.

Buning hisobiga konlarni izlash va oʻzlashtirish bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar soni 4 barobarga oshdi. Joriy yilning oʻzida geologiya ishlariga 180 million dollar xorijiy investitsiyalar kiritildi, amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati esa 2 milliard dollardan oshdi.

Davlatimiz rahbari hisobotni tinglab, kelgusi yilda geologiya-qidiruv sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.