Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakat gʻarbida roʻy bergan halokatli toshqinlar oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida..
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.