Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi

0
52
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar ijrosi muhokama qilindi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimizning energetika mustaqilligini taʼminlash maqsadida barcha manbalardan foydalanilmoqda. Jumladan, bunda gidroenergetika salohiyati katta oʻringa ega. Yana bir muhim tomoni, bunday stansiyalarda kunu tun barqaror energiya olish mumkin.

Soʻnggi yillarda 15 ta yangi gidro elektr stansiya ishga tushirilgani, 12 tasi modernizatsiya qilingani natijasida qoʻshimcha 260 Megavattli quvvatlar yaratildi. Bugungi kunda gidroenergetika quvvatlari 2,1 ming Megavattga yetib, yiliga 6,5 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilmoqda.

Shu bilan birga, gidroenergiya quvvatlarini 1 ming Megavattga oshirish, xususiy sektor ishtirokida 38 Megavattli 58 ta mikro GES qurish imkoniyati hisob-kitob qilingan.

Yigʻilishda shu borada amalga oshirayotgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berildi. Bu yil “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kamida 7 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilishi maʼlum qilindi.

Mutasaddilarga Pskom, Norin, Toʻpalang daryolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta oʻrta va yirik gidro elektr stansiyalarni loyihalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, xususiy sektor ishtirokida 9 Megavattli 26 ta mikro GES barpo etiladi.

“Katta Andijon” kanalida 23 Megavattli 3 ta hamda Toʻpalang daryosida 16 Megavattli bitta GES qurish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.

Joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1,7 ming Megavatt quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Viloyatlarda bu boʻyicha faol ish boshlangan.

Xususan, qisqa vaqtda ijtimoiy sohada 62 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 23 Megavatt, aholi xonadonlarida 20 Megavatt quyosh panellari oʻrnatilgani qayd etildi.

Yigʻilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish, “yashil energiya”ni rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash zarurligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.