GIMNASTIKA – GOʻZALLIK VA NAFOSAT TIMSOLI

0
578
marta koʻrilgan.

Afroʻza Yoʻldosheva endigina oʻn bir bahorni qarshiladi. U poytaxtimizdagi 110- maktab oʻquvchisi. Jajjiligidan gimnastikaga qatnashgan bu qizchaning turmush tarzi iroda timsoli desak arziydi. Hayoti kattalarga xos – intilishlarga, izlanishlarga, samarali mehnat-u yutuqlarga toʻla. Zero, maktabda aʼlo baholarga oʻqish va sportda yutuqlarga erishishning oʻzi boʻlmaydi.

Afroʻza  ikki marta xalqaro chempionat gʻolibi boʻlib, turli bellashuvlarda qirqdan ortiq medal va sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Rossiyaning  Moskva shahrida oʻtkazilayotgan «Moskovskiy may» deya nom olgan xalqaro turnirda 300 nafardan ortiq sportchi qatorida bizning gimnastikachilar ham qatnashib, oʻzlarining goʻzal va nafis harakatlari bilan guruh hisobida gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Sport ustaligiga nomzod Afroʻza esa guruhda  eng koʻp natijaga erishgan qizlardan biri boʻldi.

Hali oldinda yana yakka bellashuvlar turibdi. Ana shu musobaqada ham yurtimiz gimnastikachilariga, jumladan Afroʻzaga ham omadlar tilab qolamiz.

 Raʼno ZARIPOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.