Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida -70 kg vazn toifasida kurashayotgan dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova 1-bosqichda chadlik Demos Memnuloumga qarshi tatamiga chiqib, oʻz gʻalabasini tantana qilgandi.
Ikkinchi davrada Gulnoza Matniyazova amaldagi jahon chempionati sovrindori niderlandiyalik Sanne van Diykega qarshi bahs olib bordi. Afsuski, bellashuv hamyurtimizning magʻlubiyati bilan yakunlandi va u yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. Endi ushbu dzyudochimiz aralash jamoaviy yoʻnalishda ishtirok etadi.