Gurlan tuman madaniyat saroyida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Turon” maktab teatri tanlovining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Oʻquvchi yoshlar oʻrtasida teatr sanʼatini ommalshtirish, har bir umumtaʼlim maktabida teatr jamoalarini shakllantirib, doimiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkazilgan tanlovda umumtaʼlim maktab jamoalari sahnada oʻz mahoratini namoyish etib, teatr va sanʼat sohasiga qiziqishlarini ifoda etishdi.
Tanlovda bizning 33- son maktabimizdan ham 5-11 sinf oʻquvchilari muvaffakiyatli katnashdilar. Tanlov uchta shart asosida oʻtkazildi. Birinchi shart – tanishtiruv, ikkinchi shart – madaniyat va sanat bilimdoni. uchinchi shart – teatr — ibratxona mavzularini qamrab oldi. Tanlov yakunida gʻoliblar tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Garchi oʻquvchilarimiz bu tanlovda birinchi uchlikka kirmasalar ham ushbu bellashuvdan oʻzlari uchun qiziqarli koʻplab maʼlumotlar oldilar, teatrning ahamiyatini oʻrganib kaytdilar. Ayniksa, teatrning inson xayotida, madaniy –maʼrifiy jabhada muhim rol oʻynashini tushunib yetdilar, deb oʻylayman.
Xuddi shunday bellashuvlarni maktabimizda muntazam oʻtkazishni rejalashtirib oldik. Chunki, maktabimizda bu sohadaga qiziquvchi iqtidorli oʻquvchilar koʻp. Maktabimizda bayramlarga, buyuk allomalarimiz faoliyatiga bagʻishlangan tadbirlar muntazam uyushtiriladi. Ularda oʻquvchilarimiz faol ishtirok qilishadi.
Dilfuza Amanboyeva, oʻkituvchi