“Haj-2018” mavsumi tashkiliy ishlari boshlandi

0
78
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida Haj va Umra mavsumlarini namunali tashkil etish ishlari “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi qarorlari asosida amalga oshirilmoqda.

Haj mavsumiga tayyorgarlik ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Haj delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri bilan boʻlib oʻtgan uchrashuviga asosan mavsumni namunali, tartibli va eng yuqori darajada oʻtkazishga kelishib olindi.

Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni Podshohligi Oʻzbekiston tomonining haj va umra ishlarini tashkillashtirishi, ziyoratchilarga qulay sharoit yaratish hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarini yuqori baholab, dunyoning rivojlangan mamlakatlari Turkiya, Malayziya, Indoneziya davlatlari qatorida ekanligini taʼkidlamoqda.

Haj mavsumida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish uchun soha mutaxassislaridan iborat 230 nafar malakali ishchi guruhi, guruh rahbarlari, tibbiyot guruhi, oshpazlar guruhi safarbar etiladi. Mazkur ishchi guruhi haj mavsumida ziyoratchilarning ibodatlarini emin-erkin va toʻla-toʻkis amalga oshirishlarini taʼminlaydilar.

Shuningdek, ziyoratchilarimizga muqaddas shaharlarda joylashgan eng zamonaviy hamda barcha sharoitlarga ega boʻlgan mehmonxonalar xizmat koʻrsatadi. Ziyoratchilar nafaqat mehmonxonalarda balki, Mino-Muzdalifa-Arafot vodiylarida ham uch mahal issiq ovqat, 24 soat issiq choy va tibbiy xizmat bilan taʼminlanadilar. Shuni taʼkidlash zarurki, bu xizmatlar qoʻpgina boshqa davlatlar ziyoratchilariga koʻrsatilmaydi.

Shuningdek, 2018 yilgi Haj mavsumi ziyoratchilarini saralashda uning moddiy va jismoniy jihatdan “Haj” safariga tayyorligi, avval Hajga bormaganligi, islom dini va Haj ibodati haqidagi tushunchalari, maʼnaviyati, maʼrifati va odob-ahloqi, mahalladagi obroʻ-eʼtibori, oilasidagi muhitning sogʻlomligi va farzandlarining ijobiy tavsiflanishi, mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashga qoʻshayotgan hissasi, yoʻldan adashganlarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu yilgi haj mavsumi tashkiliy ishlari boshlandi. Ziyoratchilarni turli kasalliklarga qarshi vaksina bilan emlash ishlari joriy yilning 25 aprel kuniga qadar davom etishi belgilandi. Shuningdek, 2018 yilgi Haj mavsumi uchun sarf xarajatlari eng yuqori darajada koʻrsatiladigan barcha xizmatlarni eʼtiborga olgan holda hamda Jamoatchilik kengashining qaroriga asosan 38 000 000 soʻm etib belgilandi. Bunda albatta Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy valyutaning erkin konvertatsiya qilinishi ham eʼtiborga olingan.

Bugungi kunda Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan haj mavsumida xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha soliq toʻlovlarini joriy etilishi, xizmat koʻrsatish sifatini eng yuqori darajada tashkil etish, Madina va Makka shaharlaridagi mehmonxonalarda qulay sharoitlar yaratish, Mino, Arafot, Muzdalifa vodiylarida ziyoratchilarning ibodatlarini emin-erkin bajarishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.