Hamkorlikdagi faoliyatning yuksak natijasi!

0
126
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish borasida barcha vazirlik va idoralarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 7 iyun  2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Qurolli kuchlari, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi bilan alohida ishlab chiqilgan rejalar asosida hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Kuni kecha Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida MEMORANDUM tasdiqlandi. Ushbu tadbirga markazimiz direktori Hafiza Karimovaning taklif etilishi bu borada amalga oshirayotgan ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Anjuman doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan maʼnaviyat va maʼrifat ishlarni tashkillashtirishda amaliy yordami uchun hamkor tashkilot va idoralar vakillari Qurolli Kuchlarning “ Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar safida H. Karimovaning borligi biz kutubxonachilarni behad quvontirdi.

Sevara Xudoyberdiyeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.