Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasidan:
Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh isteʼdod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish boʻyicha qabul qilgan barcha qarorlarimizning ijrosi albatta taʼminlanadi.
Nega deganda, haqiqiy olimlik, haqiqiy ijodkorlik – bu igna bilan quduq qazishdek mashaqqatli ish. Buni bilgan odam biladi, bilmagan bilib olishi zarur.