Har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, biznes-reja yozib beriladi

0
121
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Izboskan tumanidagi Urganji mahallasida boʻlib, aholi hayoti bilan tanishdi. Mahallada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Bu yil 915 oʻrinli umumtaʼlim maktabi taʼmirdan chiqarildi. Barcha koʻchalar obod boʻlyapti. Oʻnlab kichik biznes subyektlari aholi bandligini taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda.

Odamlarning oʻzi ham hunarmand, mirishkor. Jumladan, dehqonchilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarga 10 sotixdan yer ajratilyapti. Mahalladagi 150 ta xonadonga 50 boshdan parranda berilib, oʻzini oʻzi band qilishi taʼminlangan.

 Shavkat Mirziyoyev shu yerlik Qurbonali Oʻrinboyev xonadonida boʻlib, yashash sharoitlari, parrandachiligini koʻzdan kechirdi. Mahalla vakillari bilan dildan suhbat boʻldi.

— Endi har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, biznes-reja yozib beriladi. Davlat tashkilotlari sharoit yaratadi. Hozirgi zamonga munosib boʻlib, mehnat qilmasak, niyatimizga yetolmaymiz. Xudoning oʻzi mehnatga, harakatga yarasha ajrini beradi, — dedi Prezident.

Nuroniylar yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab, duo qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.