Har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi

0
62
marta koʻrilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qoʻshma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.

Yetakchilar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida Hamkorlik boʻyicha oʻzbek-xitoy hukumatlararo qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma;

– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida oʻrta taʼlim maktablari salohiyatini rivojlantirish boʻyicha loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim;

– . Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati oʻrtasida Oʻzbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan muzlatilgan parranda goʻshtining inspeksiya, karantin va veterinariya-sanitariya talablari toʻgʻrisidagi bayonnoma;

– Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati oʻrtasida Oʻzbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat toʻgʻrisidagi bayonnoma;

– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati oʻrtasida vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi kelishuv;

– Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi oʻrtasida ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha anglashuv memorandumi;

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi oʻrtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi;

– 2023-2024 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik dasturi;

– Toshkent shahri va Sichuan muzofoti oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim;

– Sirdaryo viloyati va Shensi muzofoti oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim;

– Samarqand viloyati va Shensi muzofoti oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim.

Bundan tashqari, quyidagi muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi:

– elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida;

– multimodal logistika markazini tashkil etish toʻgʻrisida;

– “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizatsiya qilish toʻgʻrisida;

– Oʻzbekiston-Xitoy agrosanoat parkini tashkil etish toʻgʻrisida;

– Agroinnovatsion parkni tashkil etish toʻgʻrisida;

– Oʻzbekiston-Xitoy biotexnologik klasterini tashkil etish toʻgʻrisida;

– “Oʻzbektelekom” AKning telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada kengaytirish toʻgʻrisida;

– “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish toʻgʻrisida;

– “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish toʻgʻrisida;

– “Oʻzbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” oʻrtasida kredit liniyalarini jalb qilish toʻgʻrisida;

– “Oʻzbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy taraqqiyot davlat banki” oʻrtasida kredit liniyalarini jalb qilish toʻgʻrisida;

– “China Export and insurance corporation” bilan hamkorlik toʻgʻrisida;

– Sirdaryo viloyatida “Norin GES kaskadini qurish” va Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida “Aygain GES kaskadini qurish” loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash toʻgʻrisida;

– telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida.

Tashrif tadbirlari doirasida tarmoq memorandumlari ham imzolandi:

– Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan millatlararo munosabatlar va doʻstona aloqalar Qoʻmitasi bilan Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik Shanxay xalq uyushmasi oʻrtasida;

– Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Xalqaro savdoga koʻmak koʻrsatish boʻyicha Xitoy kengashi oʻrtasida tijorat huquqi sohasida hamkorlik boʻyicha Oʻzbek-Xitoy qoʻmitasinni tuzish toʻgʻrisida;

– Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan Dalyan tovar birjasi oʻrtasida;

– Oʻzbekiston Parrandachilik uyushmasi bilan Xitoy Chorvachilik uyushmasi oʻrtasida parrandachilik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;

– Oʻzbekiston Respublikasi «Uzcharmsanoat» uyushmasi bilan Xitoy charm sanoati boʻyicha hamkorlik uyushmasi oʻrtasida;

– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti oʻrtasida;

– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Lyaonin pedagogika universiteti oʻrtasida;

– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti oʻrtasida;

– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti oʻrtasida;

– Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti oʻrtasida.

Tashrif doirasida ikki mamlakat oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan jami 41 ta hujjat imzolandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.