Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 25 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimdagi nutqidan:
Shu asosda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Mazkur hujjat mohiyatiga koʻra, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi tizimli islohotlarning “yoʻl xaritasi”ga aylandi.
Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida shu yilning oʻzida 20 dan ortiq qonun va 700 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb eʼlon qilingan 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulugʻ” degan gʻoya asosida katta ishlar amalga oshirildi.