Harbiy prokuratura faoliyati haqida axborot berildi

0
181
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Harbiy prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi Qurolli Kuchlarda va harbiy tuzilmalarda qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. Mazkur organ tomonidan mamlakatimiz suverenitetini mustahkamlash, mudofaa salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarning va oila aʼzolarining huquqlarini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Jumladan, joriy yilda 1 ming 100 ga yaqin prokuror nazorati hujjati qoʻllanilib, 261 ta hujjat qonunga muvofiqlashtirilgan. 7 ming 858 nafar shaxsning huquqi tiklangan. 654 nafar harbiy xizmatchining oila aʼzolari ish bilan taʼminlangan.

Qurolli Kuchlarda qurilish dasturiga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari nazorat tartibida koʻrib chiqilib, 23 milliard soʻmdan ziyod byudjet mablagʻlari iqtisod qilinishiga erishilgan. Harbiy prokuror protestlariga asosan sudlarning 10 ta qarori qonunga muvofiqlashtirilib, 6 nafar shaxs oqlangan.

Fuqarolarning 2 mingga yaqin murojaatlari koʻrib chiqilib, 254 tasi qanoatlantirilgan. Shuningdek, sayyor qabullarda 3 ming 200 nafar shaxs qabul qilinib, aniqlangan muammolarini hal etish choralari koʻrilgan.

Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib, harbiy tuzilmalarda ham “inson qadri” tamoyili ustuvor etib belgilangan. Harbiy xizmatchilarning huquq va manfaatlari, ijtimoiy himoyasi taʼminlanishi alohida nazoratga olingan. Harbiy prokuratura bu borada qonun himoyachisi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda faol targʻibotchi boʻlmoqda.

Qayd etilganidek, harbiy xizmatchilarga Qurolli Kuchlar hamda boshqa sohalardagi islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktirilib, prokurorlik soatlari tashkil etiladi.

Byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlashda elektron platformalar imkoniyatlaridan yanada keng foydalaniladi.

Davlatimiz rahbari Harbiy prokuratura faoliyatini raqamlashtirish, inson manfaatlarini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.