Hasanboy Rahimov halqaro musobaqaning bronza medali sovrindori boʻldi

0
170
marta koʻrilgan.

 Turkiyaning Istanbul shahrida erkin kurash boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston jamoasi ham qatnashmoqda.

Quvonarlisi, ogʻir vazndagi polvonimiz, Tokio Olimpiadasi litsenzianti Hasanboy Rahimov (-125 kg) musobaqada bronza medali sovrindori boʻldi. Bronza uchun kechgan bahsda Hasanboy Rahimov Turkiyalik Husayn Jivelekka qarshi gilamga chiqdi va raqibini magʻlub etdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni toʻrttaga yetdi. Eslatib oʻtamiz, bundan avval musobaqa doirasida hamyurtlarimiz Ilyos Bekbulatov (-70 kg) oltin, Gʻulomjon Abdullayev (-57 kg) kumush va Magomed Ibragimov (-97 kg) bronza medallarini qoʻlga kiritishgan edi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.