Hashar va navroʻz hamjihatlik va obodlik ramzi

0
163
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda  hashar va navroʻz tantanalari uygʻunlashib ketib, shahar-u qishloqlarga bayramona kayfiyat bagʻshida etdi.

Jumladan, Toshkent shahridagi Noshirlik – matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji jamoasi  tomonidan ham umumxalq hashari hamda yashil makon umummilliy loyihasi doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari bajarildi.

Oʻquv maskani hududiga daraxt hamda turfa gul koʻchatlari ekildi.  Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Ariqlar ichi va avtoturargoh chiqindilardan tozalandi.

Mehnat shodiyonalariga navroʻz shukuhi qoʻshilib ketib, barcha ishtirokchilarga xush kayfiyat bagʻishladi. Kollej  direktori Nodira Tuykulova barchani qoʻshaloq ayyomlar bilan qutladi.

 

Tadbirda mashhur sanʼatkorlar bilan birga kichkintoylar guruhining kuy-qoʻshiqlari jarangladi. Talabalar ijodidan koʻrgazma tashkil etildi.

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.