Havo kemasida taqdim etiladigan taomlar uchun yangi gʻoyalar

0
717
marta koʻrilgan.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasida havo kemasida taqdim etiladigan yangi  taomlarning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot marosimidan oldin Toshkentning yetakchi restoranlari: Caravan Group  restoranlar tarmoqi, «Navroz», «Moviy gumbazlar», «Tryufel», «Aprel», «Sal Sal» va boshqa  restoranlar  vakillari sahn ovqatlari  tayyorlaydigan “Ketring” Davlat unitar korxonasiga tashrif  buyurishdi.

Restoratorlar oldindan sahn taomlariga qoʻyiladigan sanitariya –gigiyenik meʼyorlar va talablar, taom tayyorlashning oʻziga xos texnologik jarayoni, taomlarni saqlash, isitish va taqdim etishning oʻziga xos jihatlari bilan tanishtirildi.

Caravan Group restoranlar tarmogʻi birinchi boʻlib aviayoʻlovchilar uchun sahn taomlari turlarini takomillashtirish gʻoyasini  va taomlar namunalarini taqdim etdi. Aviakompaniya mutaxassislari diqqatiga biznes klass uchun uchta variantdagi va iqtisodiy klass uchun ikki variantdagi taomlar menyusi taklif etildi. Caravan Group  texnologlari tomonidan   50 xilga yaqin mahsulot turi taklif qilindi. 

Xabar uzairways.com saytidan olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.