Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Maktabimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi boʻlib oʻtdi.
Aksiya davomida oʻquvchilar tomonidan 5 ta muhim tashabbus yoʻnalishlari boʻyicha qilgan chiqishlari tidbir ishtirokchilarida va ota-onalarda katta tassurot qoldirdi.
Aksiyada maktabning sobiq bitiruvchisi Shuhrat Roʻzimov tomonidan maktab kitob fondiga 60 ta kitob taqdim qilingan boʻlsa, ota-onalar tomonidan 180 ta kitob hayriya qilindi.
Manbaa: AOKA XORAZM