Hokim va yoshlar uchrashuvi: Murojaatlar joyida hal qilinmoqda

0
193
marta koʻrilgan.

Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi “Boshliq”, “Armugʻon” mahalla guzarida tuman hokimi Anvar Sayfutdinovning mahalla yoshlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda  tuman hokimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlim rahbari,  mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va mahalla yoshlari ishtirok etdilar.

Unda tuman yoshlarining ishga joylashtirish, bankdan kredit  olish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, oliy taʼlim yurtlarida shartnoma asosida oʻqiyotgan yoshlarga shartnoma pulini toʻlab berish, muddatli harbiy xizmatga borish kabi mavzulardagi oʻnlab murojaat va takliflari tinglandi.

Qoʻyilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi. Kredit olish va ishga joylashish istagidagi yoshlar alohida ajratib olinib, ularning murojaatlari bilan bandlik mutasaddilari maxsus shugʻullanishi yuzasidan koʻrsatma berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.