Hujjatlar imzolandi

0
106
marta koʻrilgan.

Koʻksaroydagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Afgʻoniston Prezidentlarining Qoʻshma bayonoti imzolandi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida.  

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirgʻon – Maymana – Hirot temir yoʻlini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi hujjatlar shular jumlasidandir. 

Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod boʻlgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi. 

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar. 

Afgʻoniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.