“Huquqiy axborot kunlari” aholiga manzur…mi?

0
171
marta koʻrilgan.
Adliya vazirligi tizimi tashkilotlari joylarda “Huquqiy axborot kunlari” oʻtkazishda davom etmoqda.
 
Ana shunday uchrashuvlardan biri Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida oʻtkazildi. Tarixiy Oqsaroy majmuasida boʻlib oʻtgan tadbirda 6 mingdan ziyod fuqaro ishtirok etib, kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari, shuningdek, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek, 100 nafardan ortiq fuqaroning huquqiy ongi va madaniyati darajasini aniqlash boʻyicha soʻrov oʻtkazildi.
 
Oqsaroy majmuasida joylashtirilgan plakatlar va tarqatilgan bukletlarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan maʼlumotlar sodda va tushunarli shakllarda namoyish etildi. 
Mazkur uchrashuvlardan yana biri Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Angor tumanida viloyat Davlat xizmatlari boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
 
Unda Angor tumanidagi Chinobod, Qadimiy Angor mahallalarida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Oʻzbekiston, Navroʻz, Navbahor, Gulzor, Qorasuv, Yangi turmush hamda Katta qum mahallalarida istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan oilalarning holidan xabar olindi. Qimmatbaho sovgʻalar va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
 
Yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida tumandagi kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Ana shunday uchrashuvlar doirasida bir nechta sayyor sudlar ham boʻlib oʻtdi.
 
Sayyora Shoyeva, OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.