Ichan-Qalʼa muzey-qoʻriqxonasi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda berilgan videolavhaga munosabat

0
673
marta koʻrilgan.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Ichan-Kalʼa muzey-qoʻriqxonasi bilan bogʻliq videolavha joylashtirilib, tahliliy-tanqidiy munosabatlar kuzatildi. Mazkur holat boʻyicha joriy yilning 17-18 sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining oʻrinbosari K. Akilova boshchiligida Madaniy meros departamentining ekspertlar kengashi aʼzolari Xiva shahridagi madaniy meros obyektlarini saqlash bilan bogʻliq bir qator masalalarni oʻrganish, restavratsiya qilinayotgan obyektlarni monitoring qilish, Ichan-Qalʼa aholisidan olingan loyihalarni joyida koʻrib chiqish, Xiva hunarmandlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish maqsadida Xiva shahriga borib keldilar.

Xozirgi kunda, Xiva hunarmandlarini Karvon saroyga koʻchirish boʻyicha loyiha muhokama qilinmoqda, bu esa rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini olib borishni talab etadi. Ichan-Qalʼa hududida savdo qiladiganlar orasida haqiqiy hunarmandlar bilan bir qatorda hunarmandchilik bilan bogʻliq boʻlmagan turli xil mayda buyumlarni sotadigan vositachilar ham mavjudligi aniqlandi.

Shu sababli, Madaniy meros departamenti tomonidan madaniy meros obyektlarini qisqa muddatli va uzoq muddatli ijaraga berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, tegishli takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Madaniy meros obyektlarini ijaraga olish huquqi koʻp asrlik milliy anʼanalarni davom ettirayotgan haqiqiy hunarmandlarga, shuningdek, milliy madaniy merosimizni namoyish etuvchi yangi muzeylarga berilishi kerakligi koʻzda tutilmoqda.

Kelgusida Ichan-Kalʼa muzey-qoʻriqxonasining koʻrgazma zallarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, Ichan-Qalʼa muzey-qoʻriqxonasining qimmatbaho buyumlar saqlanayotgan fondlari uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan, jahon talablariga javob beradigan zamonaviy bino qurish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda koʻrgazma tadbirlarini yanada koʻpaytirish maqsadida, yangi muzeylar ochish, yosh menejerlar, gidlar tayyorlash va boshqa masalalarga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, videolavhada tasvirga olingan «Ichan-Qalʼa» muzey qoʻriqxonasi xududidan tashqarida joylashgan sobiq dehqon bozorining bugungi xolatiga Madaniyat vazirligi tizimidagi muzey-qoʻriqxona javobgar emasligi maʼlum qilinadi. Shunday boʻlsa ham, ushbu holat yuzasidan mutaxassislar surishtiruvlar olib borib, uning yaqin hududlarini bir necha tashkilotlar kelishuv asosida obod qilishga kirishganligini aniqladilar.

Manbaa: madaniyat. uz rasmiy veb- sayti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.