Birinchi forum taassurotlarga boy boʻldi

0
139
marta koʻrilgan.
Samarqand shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo yoshlarining birinchi forumi ishtirokchilari ana shunday xulosaga kelishdi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan forum doirasida mintaqa yoshlarini birlashtiradigan loyihalar, gʻoyalar va ularni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama etildi. Markaziy Osiyo mintaqasida fan va taʼlimni rivojlantirish, madaniy hamkorlik, turizm, ekstremizm va radikalizmning oldini olish masalalari yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazildi.
 
29 iyun kuni forum yakunlariga bagʻishlangan xalqaro press-klubda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi oʻrinbosari K.Beknazarov, Qozogʻistonning “Nur Otan” partiyasi “Jas Otan” yoshlar qanoti raisi D.Sundetbayev, Qirgʻizistonning Yoshlar, jismoniy tarbiya va sport davlat agentligi direktori K.Amankulov, Tojikiston yoshlar ittifoqi raisi oʻrinbosari R.Nazarzoda Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtirish uchun xuddi shunday platformaga ehtiyoj boʻlganini va ushbu forum bu borada ayni muddao ekanini taʼkidladi. Forumda muhokama etilgan masalalar yuzasidan xulosalar bildirildi.
 
– Samarqandda oʻtgan anjumanda bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz nafaqat yoshlar kelajagi, balki mamlakatlarimiz taraqqiyoti uchun ham xizmat qilishini angladik, – deydi tojikistonlik faol G.Qosimov. – Forum tadbirlari davomida ilm-fan, texnologiya va turizm sohalarida fikr almashdik, tengdoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashidagi ayrim muammolar yechimi boʻyicha takliflar bildirdik. Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari oʻrtasida robototexnika tanlovi, «Startap» loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldik.
 
Forum ishtirokchilari tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilganini taʼkidlab, faollik va yuksak saviyadagi mehmondoʻstlik uchun tashkilotchilarga hamda oʻzbekistonlik yoshlarga minnatdorlik bildirdi.
 
OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.