Chorsu bozorida Koʻkaldosh-Xastimom sayyohlik marshruti barpo etiladi

0
231
marta koʻrilgan.

Chorsu bozorida Koʻkaldosh-Hazrati imom (Xastimom) marshruti boʻyicha yangi sayyohlik obyekti quriladi. Bu haqida Toshkent bosh arxitektori, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Asomiddin Tojiyev matbuot anjumanida xabar berdi.

“Maʼlumki, aksariyat sayyohlar oʻzbek milliy bozoriga tashrif buyurishni xush koʻradi. Ayniqsa, ular Buxoro, Xivada joylashgan milliy bozorlarga katta qiziqish bilan qarashadi. Toshkent shahrida ham sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida Chorsu bozorida yangi marshrut boʻyicha milliy savdo doʻkonlari barpo etiladi. Xorijliklarni yangi osmonoʻpar binolar bilan hayron qoldirish qiyin, sababi bu ular uchun yangilik emas. Tarixiy koʻchalar, milliy bozorlar esa ularni hamisha qiziqtiradi. Shu sababli, yangi loyiha Koʻkaldosh madrasasidan boshlanib, Hazrati imom majmuasi yaqinida yakunlanadi. Shuningdek, sayyohlar ushbu marshrut orqali yaqin orada qurilajak islom sivilizatsiyasi markazi bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishadi”, dedi Toshkent bosh arxitektori.

Maʼlum boʻlishicha, Koʻkaldosh-Hazrati imom marshrutining qurilishi 2-3 yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.