Ijtimoiy tadbirkorlik va NNT: Oʻzbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot

0
368
marta koʻrilgan.

Bugun Toshkent shahridagi «Miran International» mehmonxonasida «Ijtimoiy tadbirkorlik va NNT: Oʻzbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot» mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiyada ijtimoiy tadbirkorlik, unda Oʻzbekiston tajribasi va Fransiya, Turkiya, Germaniya, Avstriya kabi rivojlangan davlatlarning ushbu yoʻnalishdagi amaliyoti tahlil etildi, soha rivoji boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Konferensiyaning biz uchun ahamiyatli jihati unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan joriy etilgan grant sovrindorlari ham taqdirlandi.

Jumladan, grant dasturida «Tomorqa daromad manbai» loyihasi bilan ishtirok etgan Oʻzbekiston Yosh fermerlar Kengashi 5 000 000 soʻmlik grant sovrindori boʻldi. Grant sertifikati Fridrix Ebert nomidagi jamgʻarmaning Qozogʻiston va Oʻzbekiston boʻyicha mintaqaviy direktori Xenriyette Kifer va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori bosh maslahatchisi Yurgen Bekker tomonidan Oʻzbekiston Yosh fermerlar Kengashi mutaxassisiga topshirildi. Shuningdek, Respublika Yosh fermerlar Kengashi grant sovrindori sifatida Sharq Telekom kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bir oylik bepul internet xizmatlaridan foydalanish huquqiga ham ega boʻldi.

ILYOS SAFAROV,

Oʻzbekiston yosh fermerlar Kengashi bosh mutaxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.