“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

0
191
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faollik koʻrsatib, oʻzining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan fidoyi va mard oʻgʻlonlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF–5106-son Farmoni va 2017 yil 21 noyabrdagi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3402-son qaroriga asosan: 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, sanʼat, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin. 

2. “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida oʻtkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi K.K.Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

Sh.Mirziyoyev,   

Oʻzbekiston Respublikasi
            Prezidenti                                                                                            

 

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
ROʻYXATI

Mambetnazarov Islambek Muratbayevich    —    Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining akademik eshkak eshish boʻyicha murabbiyi

Sagatov Sabur Baxtiyar uli    —    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Komservis Shumanay” xususiy korxonasi direktori

Musaboyev Shaxrizod Toʻychibek oʻgʻli    —    Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oltin er himoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Xoldarov Iqboljon Boxodirjon oʻgʻli    —    Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Raxmonov Sherzod Tolibovich    —    Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Hamro Raxmon chorva” fermer xoʻjaligi boshligʻi

Haydarov Muxammad Shamsiddin oʻgʻli    —    “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani boʻlimi aʼzosi, yogʻoch oʻymakor usta

Isroilov Otabek Batirovich    —    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yoʻl masofasi etakchi muhandisi 

Xolyigitov Behzod Mardiboy oʻgʻli    —    Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism mutaxassisi (Jizzax viloyati)

Abdisalimov Abdimalik Boxodir oʻgʻli    —    Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi 75-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi

Tursunov Jahongir Yusup oʻgʻli    —    Respublika dizayn kollejining 3-bosqich oʻquvchisi (Qashqadaryo viloyati)

Gʻafforov Ibrohimjon Qobiljon oʻgʻli    —    Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi

Qudratov Istam Safar oʻgʻli    —    “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi elektrochilangari

Murodullayev Sarvarbek Javlonbek oʻgʻli    —    Namangan muhandislik-qurilish institutining 4-bosqich talabasi

Yusupov Muxammadxon Olim oʻgʻli    —    Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi yetakchi mutaxassisi (Namangan viloyati)

Alikov Kamoljon Kamtar oʻgʻli    —    Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari

Bahromov Ilhom Ismoil oʻgʻli    —    Respublika olimpiya zaxiralari kollejining 3-bosqich oʻquvchisi (Samarqand viloyati)

Kayumxujayev Odilxuja Ikromxuja oʻgʻli    —    Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xamdamov Javlonbek Baxtiyor oʻgʻli    —    Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli    —    Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi (Surxondaryo viloyati)

Tuxtashov Sanjar Karomatovich     —    Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Termiz shahar yongʻin xavfsizligi boʻlimi harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi yongʻin oʻchiruvchisi

Sabriddinov Asliddin Diyoriddin oʻgʻli    —    Toshkent viloyati Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich oʻquvchisi

Sultonov Otabek Qurbonboy oʻgʻli    —    Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va sanʼat akademik litseyi 3-bosqich oʻquvchisi (Toshkent viloyati)

Rustamov Oybek Rovshanjon oʻgʻli    —    Fargʻona viloyati “Qoʻqon-1912” professional futbol klubi aʼzosi

Xoshimov Qobiljon Qosimjonovich    —    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi harbiy qism vzvod komandiri (Fargʻona viloyati)

Allabergenov Zafar Ulugʻbekovich    —    Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi 

Egamberganov Xakimboy Kudrat oʻgʻli    —    Oʻzbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Abdulboqiyev Jamshid Fozil oʻgʻli    —    Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori 

Shukurov Rovshanbek Abduraxmanovich    —    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Toshkent shahri)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.