Shavkat Mirziyoyev yangi samolyotni koʻzdan kechirdi

0
94
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtondan qaytib, Toshkent xalqaro aeroportida yangi Boing-787 samolyotini koʻzdan kechirdi. 

Dreamliner, yaʼni «orzu layneri» deb nomlanuvchi ushbu havo kemasi 14 ming kilometrga toʻxtovsiz ucha oladi. 270 yoʻlovchi oʻrniga ega. Samolyot borti kompozit materiallardan tayyorlangani yoqilgʻi tejamkorlikni taʼminlaydi. «Aqlli» texnologiyalar, salondagi kamfort yoʻlovchilarga zamonaviy qulaylik yaratadi. 

Maʼlumki, ilgari 2 ta shunday samolyot sotib olingan edi. Prezidentimizning joriy yil fevral oyidagi topshirigʻiga muvofiq, juda qisqa vaqtda yana bitta Dreamliner xarid qilindi. Davlatimiz rahbarining AQSHga rasmiy tashrifi yakunida ushbu havo kemasi yurtimizga olib kelindi. 

Shavkat Mirziyoyev ushbu avialaynerni koʻzdan kechirdi, xizmat koʻrsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Milliy aviakompaniya orqali qatnovchi yoʻlovchilarni koʻpaytirish, odamlarga qulayliklarni oshirish zarurligini taʼkidladi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari”dan maʼlum qilishlaricha, kuni kecha Vashington shahrida milliy aviakompaniya bilan AQSHning “Boing” kompaniyasi oʻrtasida bitim imzolangan. 2019 yilda ikkita, 2020 yilda yana bitta Dreamliner olib kelinadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.