Shavkat Mirziyoyev Yangiyoʻl shahrida aholiga koʻrsatilayotgan kommunal xizmat sifati bilan tanishdi

0
172
marta koʻrilgan.

Davlat rahbari Yangiyoʻl shahridagi “Fayzli” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi,  deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Shu yerda Yangiyoʻl shahrinining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida  takomillashtirish toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Yangiyoʻl shahrida 86 ming 800 aholi istiqomat qiladi. 241 ta koʻp qavatli uylar boʻlib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat koʻrsatadi.

Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining  Qibray va Zangiota tumanlarida suv taʼminotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi maʼlumotlar oʻrin olgan.

Davlat rahbari  «Fayzli» mahallasi profilaktika inspektori uyida boʻldi.

Aholi bilan muloqot qildi.

Prezident Yangiyoʻl shahridagi mavjud koʻp qavatli uylarni joriy yil oxiriga qadar toʻliq  taʼmirlash, 7 qavatli 12 ta yangi koʻp qavatli uy-joy, zamonaviy bogʻ, bozor, supermarket, koʻprik qurish boʻyicha mutassaddilarga topshiriq berdi.

Prezidentimizning  Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.