Shavkat Mirziyoyev yoʻllarni sifatli qurish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

0
166
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining Toshkent koʻchasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ushbu koʻcha zamonaviy talablar asosida qayta qurilib, qatnovlar oʻrtasida xavfsizlik toʻsiqlari, energiyatejamkor yoritgichlar oʻrnatilgan. Ikki yonda yashil hudud barpo etilib, gullar va manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosipedlar uchun yoʻlaklar tashkil qilingan. 

Prezident qurilish sifati va transportlar harakatiga qulayliklarni oshirish yuzasidan koʻrsatmalar berdi. “Yoʻl qurilishiga shuncha pul ajratayapmiz. Lekin yoʻllarimizning sifati yoʻq, desak adolatdan boʻladi. Bu sohada qurilish hajmi, yoʻl uzunligi ortidan quvmay, avvalo sifatga eʼtibor berish kerak. Bir kilometr boʻlsayam, sifatli quringlar.

Oʻnlab yillar xalqimizga xizmat qilsin, odamlar rozi boʻlsin” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari yoʻl qurilishi va ekspluatatsiyasida ishlatiladigan zamonaviy texnikalarni ham koʻzdan kechirdi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.