Taniqli arxitektor Yan Geyl Toshkent qurilishining yangi bosh rejasini ishlab chiqishga jalb etiladi

0
527
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar hokimiyatida 3 oktyabr kuni Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Asomiddin Tojiyev kelajakdagi rejalar, belgilangan maqsad va vazifalar haqida yigʻilganlarni tanishtirib oʻtdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrini qurish boʻyicha taniqli arxitektor Yan Geylning tavsiyalari inobatga olinadi. Shuningdek, yangi asosiy ish rejasini tuzishda shaxsan arxitektorning oʻzi konsultant sifatida taklif qilinishi koʻzda tutilgan.

Toshkentda yangi qurilishlarni loyihalashtirishga bir necha xorijiy mutaxassislar va arxitektorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, taniqli arxitektor Yan Geyl tavsiyalarini hisobga olgan holda piyodalar yoʻlkasi, velosiped yoʻllari, panduslar qurish maqsad qilingan. Geylning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda aholi uchun maksimal darajadagi qulay sharoitlar yaratish uchun katta salohiyat va yetarlicha zaxira mavjud. Ayniqsa, koʻchalardagi yoʻllarning kengligi koʻplab qurilishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Biroq buning uchun koʻp vaqt talab etiladi. Masalan, Amsterdamga buning uchun 8–10 yil sarflangan. Yan Geyl biz bilan ishlashga rozi boʻladi, degan umiddamiz”, – deya qayd etdi Tojiyev.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari xorijlik arxitektorlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar muddati hozircha nomaʼlum ekanligini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.