Prezidentimiz Ulugʻnor tumanidagi Shahrobod mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirdi, odamlar bilan muloqot qildi.
Yaqin-yaqingacha xarob ahvolda boʻlgan Shahrobod mahallasi butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. 24 ta koʻp qavatli uy, bolalar bogʻchasi va maktab kapital taʼmirlandi. Tomlari yangilanib, tunuka shifer bilan qoplandi. 7,3 ming kvadrat metr maydonga bruschatga yotqizildi, yoritish chiroqlari, dam olish oʻrindiqlar oʻrnatildi.
Qurilish va obodonlashtirish ishlari yana davom etadi.150 oʻrinlik toʻyxona, xammom, mini-marketlar quriladi. qandolatchilik va tukuvchilik sexi tashkil etiladi.
Prezidentimiz ushbu galdagi loyihalar bilan tanishdi. Tumanlar markazlari bosh rejalarini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.