“Yoshlar marafoni” munosabati bilan poytaxtimizning markaziy koʻchalarida harakat cheklanadi

0
105
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Yengil atletika federatsiyasi hamkorligida qabul qilingan “21 mart “Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlangan “Yoshlar marafoni”ni  tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qaroriga koʻra, joriy yilning 20 mart kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar “Yoshlar marafoni” oʻtkaziladi.  

Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00 dan 12:00 ga qadar Nukus koʻchasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik koʻchalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha  boʻlgan koʻchalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib koʻchalari)da harakatlanish cheklanadi.

 Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.