Oʻn ikki mingdan ziyod fermer xoʻjaligi rahbarlarini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xoʻjaligiga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilmoqda

0
180
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqidan:

Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xoʻjaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. 

Eng quvonarlisi, 12 mingdan ziyod fermer xoʻjaligi rahbarlarini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xoʻjaligiga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilmoqda. 

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga koʻpayib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish oʻrinlari barpo etildi. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.