Qonunchilikka koʻra, 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan koʻp bolasi yoki 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam boʻlmagan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Shuningdek, ularning xohishiga koʻra har yili 14 kalendar kundan kam boʻlmagan ish haqi saqlanmagan taʼtil beriladi. Bunday taʼtil yillik taʼtilga qoʻshib berilishi yoki undan alohida foydalanilishi mumkin.
Xotin-qizlarga jumladan, yoshlarga, yosh onalarga koʻplab imtiyozlar berilyapti. Masalan, magistrant qizlarning kontrakt puli davlat byudjeti tomonidan qoplanayapti. Shuningdek, ketma ket farzand koʻrgan ayolning bola parvarishi taʼtilida boʻlgan vaqti xammasi boʻlib 6 yil davomida mehnat stajiga qoʻshilishi belgilandi. Bu gʻamxoʻrliklarning bari pirovardida oilalar manfaati, farovonligi, tinchligi, mamlakat kelajagi boʻlgan salohiyatli farzandlar tarbiyalash maqsadlarini koʻzlaydi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha targʻibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtmoqda. Konsert dasturi shaklida oʻtkazilayotgan bu tadbirlarda el suygan sanatkorlar, taniqli siyosatchilar, jamoat vakillari chiqish qilib, aholiga yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasiga kiritilayotgan oʻzgarishlarni, yangi moddalar haqida maʼlumot berib, shu yilning 30 aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirishmoqda.
Bosh qomusimiz iqbolimiz garovidir, unga befarq boʻlmang, aziz yurtdoshlar, deya daʼvat etamiz, biz ham.
GUJUM.UZ