Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

0
195
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik koʻrsatgan faxriylarimizga alohida eʼtibor va ehtirom koʻrsatish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 15 000 000 (oʻn besh million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini taʼminlasin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh.MIRZIYOYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.