Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident tuhfasi topshirildi

0
229
marta koʻrilgan.
9 may – Xotira va qadrlash kuni
 
Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 74 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tabriknomasi, 7,5 million soʻmdan pul mukofoti va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirilmoqda.
 
Davlatimiz rahbarining shu yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, urush qatnashchilari va faxriylariga alohida hurmat-ehtirom koʻrsatilmoqda
 
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov viloyatda istiqomat qilayotgan urush qatnashchilari xonadoniga borib, nuroniylarga davlatimiz rahbari yoʻllagan tabriknomani oʻqib eshittirdi hamda pul mukofoti va sovgʻa-salomlarni topshirdi.
 
–Prezidentimiz tomonidan biz, faxriylarga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik, yoshlarning hurmat va ehtiromi mamlakatimizda inson manfaati, uning shaʼni va qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir karra namoyon etmoqda, — deydi koʻzida quvonch yoshlari bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jumaniyoz Bemetov.
 
Shonazar QORIYEV (surat), OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.