Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh ijodkorlar davlat mukofotlariga munosib koʻrildi.
Ular safida koʻp yillar »Sharq yulduzi» jurnalida fidokorona mehnat qilib kelayotgan kamtarin va kamsuqum ijodkor Ikrom Otamurod ham Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlandi.
-Ijod mening qanotim, u hayotimga mazmun baxsh etib turadi, ~deydi ustoz Ikrom Otamurod. ~»Sharq yulduzi» jurnalida 1975 yildan buyon faoliyat yuritaman. Dastlab Tanqid adabiyotshunoslik, soʻngra sheʼriyat boʻlimida xodim boʻlib ishladim. 1985 yildan jurnalning sheʼriyat boʻlimida mudir vazifasida ishlab kelyapman. Koʻp yillik mehnatim mukofotga munosib koʻrilganidan mamnunman.
Daraxt bir joyda koʻkaradi, degan xalq matali goʻyo ushbu ijodkor uchun aytilgandek.
Dilobar Asliddin qizi: — «Hali hayot oldinda», — deya oʻz shiori bilan ezgu — tilaklar bildirib qoladi.