Bolalar oromgohida tanlov: «Soliq haqida tushunchangiz bormi?»

0
379
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoasi Xonqa tumanidagi «Jayhun quyoshi» nomli bolalarni sogʻlomlashtirish majmuasida «Soliq haqida tushunchangiz bormi?» mavzusida tadbir tashkillashtirdi.

Tadbirda oromgohda bolalariga soliq xizmati xodimlari tomonidan soliqlar, ularning turlari, iqtisodiy va huquqiy ahamiyati, soliq toʻlovchilarning huquqiy manfaatlari va soliq xizmati madaniyati borasida tushunchalar berildi.

Maʼruzalardan keyin oʻquvchilarning soliq borasida egallagan bilim darajalarini yanada mustahkamlash maqsadida viktorina uyushtirildi.

– Soliq idoralari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan ushbu tadbir va hamda soliq toʻlovlarining ijtimoiy ahamiyatini misollar orqali tushuntirib berishgach tanlov uyushtirilgani barchamizning bu sohaga  qiziqishimizni yanada orttirdi, – deydi madaniy xordiq chiqarayotgan Suxrob Vaisov.

Bolalarning ziyrak va bilimga chanqoqligi, soliq sohasiga boʻlgan qiziqishi oromgohda oʻtkazilgan viktorina davomida toʻliq namoyon boʻldi. Biz dam oluvchilarning soliq xodimlarining maxsus kiyim boshi, ulardagi unvonlar darajasi boʻyicha qiziqish bilan bergan bir qancha savollaridan kelajakda ularning soliqchilik kasbini egallashga boʻlgan ishtiyoqini anglab yetdik.

Zero, respublikamizning iqtisodiy sohada yuksalishida soʻzsiz, soliqlarning oʻrni beqiyos. Shunday ekan, ertangi kelajagimiz boʻlgan yosh avlodning soliqlar haqidagi dunyoqarashini boyitib borish, soliq qonunchiligi va madaniyati boʻyicha tushunchalar berish ularning har tomonlama oʻsib ulgʻayishi, kamol topishi va iqtisodiy bilimlarining ortib borishida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, bugungi yosh avlod – ertangi soliq toʻlovchi yoki ertangi soliq xodimi boʻladi.

Tadbir davomida faol ishtirok etgan oʻquvchilar  Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Roman ATAJONOV,

Xorazm viloyati DSB Jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy axborot shoʻbasi boshligʻi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.