Inha talabalarining eng innovatsion ishlanmalari aniqlandi

0
144
marta koʻrilgan.

Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar “IUT Embedded Systems Design Exhibition 2018” koʻrgazmasi doirasida oʻzlarining 20 ta innovatsion ishlanma va yechimlarini namoyish etishdi.

Ular orasida “​aqlli toʻxtash joyi“​, “​metroda xavfsizlikni taʼminlash va ogoh qilish tizimi“​, “​koʻzlar uchun mashq apparati“​, “​aqlli uy“​, “robotlashtirilgan qoʻl”, “insonning jismoniy holatini nazorat qilish uchun devays”, “​aqlli beshik“​ kabi qiziqarli ishlanmalar ham mavjud.

Universitet professorlaridan iborat hakamlar hayʼatining qaroriga koʻra, “Interactive Water Curtain​” loyihasi bilan Faridun Klichev, Avaz Alimov, Nasiba Lutfullayeva va Bahodir Solihovlar birinchi oʻrinni egallashdi.

Ikkinchi oʻrin “​Metroda xavfsizlikni taʼminlash va ogoh qilish tizimi“​ loyihasi uchun Mirzo-Gʻolib Suvonberdiyev, Ravshan Mahmadalliyev, Rahimjon Rustamov va Nigʻmatjon Anvarovlarga nasib etdi.

“​Pianino“​ loyihasi bilan Bedilbek Hamidov, Madina Saidova, Malika Anvarjonova va Navroʻz Djandullayevlar uchinchi oʻringa loyiq deb topildilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabaridan

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.