Karantin  sababli Tashkent shahri atmosferasi tozalanmoqda

1
265
marta koʻrilgan.

Keyingi yillarda butun dunyoda global isish oqibatlari tufayli iqlim oʻzgarib, havoning harorati  va ifloslanish darajasi oshib borayotganligi kuzatilmoqda. Havo haroratining oshib borishini oddiy insonlar ham sezib, bilib bundan tashvishlanib kelishmoqda.

Chunki, bir necha yillardan beri  Antarktida va Alp togʻlaridagi muzliklarning erib borishi kuzatilmoqda. Bunga   tabiat injiqliklari bilan birga inson omili ham sababchidir. Havo atmosferasini eng koʻp ifloslaydigan  narsa avtotransport vositalari hisoblanadi. 

Oʻzgidromet xabar berishicha,  karantin boshlangandan soʻng Toshkent shahri havosi ikki barobar musaffolashgan.  Masalan, 24 martda shahar atomsferasining ifloslanish indeksi 4,15 dan 2,5 ballga pastlagan ( Podrobno.uz.) .

Atmosferaga turli ingredentlar yaʼni- chang, uglerod oksidi SO2, dioksid azot, oltingugurt dioksidi va ammiak tashlanadi. Atmosfera havosining tozaligi 5 balldan pastroq boʻlishi ruxsat etilgan meʼyorga toʻgʻri keladi, agarda 5-6 ball boʻlsa unda ifloslanish darajasi yuqori boʻladi, 7-13 ball boʻlsa, ifloslanish darajasi baland va 14 dan yuqori boʻlsa juda baland xisoblanadi.

Maʼlumotlarga koʻra,  aprel oylarida, atmosferada changni ruxsat etilgan meʼyori juda pasayib ketganligi maʼlum boʻldi: 

  • chang — bir kubometrda 0,16 dan 0,14 milligrammgacha (ruxsat etilgan meʼyor 1,1 dan 0,9 gacha boʻlishi lozim);
  • dioksid azot — bir kubometrda 0,04 dan 0,02  milligrammgacha (ruxsat etilgan meʼyor 1,0 dan 0,5 gacha boʻlishi lozim);
  • karbonat angidrid — bir kubometrda 2,6 dan 2,2  milligrammgacha (REM 0,9 dan 0,7gacha), meʼyordan ortiq. 

 Oltingugurt oksidi va ammiak  oʻzgarmasdan qolganligi maʼlum boʻldi. Xullas, pandemiya sabab butun dunyoda avtotransport vositalarining kam harakatlanishi tufayli atmosfera havosi bir muncha tozalandi. Bugun eshitgan xabarimga koʻra,  ozon tuynuklari ham yopilganligini aytmoqdalar. Atmosfera havosining toza boʻlishi inson sogʻligiga taʼsiri juda katta. Shuning uchun atmosferani toza saqlash bizning vazifamizdir.

 Dilorom Yormatova, professor

Yoyish

1 mulohaza

  1. Mana Oʻzbekistonimizda 16 martdan buyon koronavirus tarqalshi munosabati bilan karantin eʼlon qilingan. Natijada barcha tashkilotlar oʻz ish sharoitini oʻzgartirgan holda, yaʼni onlayn tartibda faoliyat yuritishyapti, oʻz oʻzini yakkalash hisobiga fuqarolarimizning uyda qolib, oʻz oilasi bagʻrida, farzandlari bilan birgaligining foydasi har tomonlama katta ekanligini maqolani oʻqib his qildik. Ayniqsa, pandemiya sabab butun dunyoda avtotransport vositalarining kam harakatlanishi tufayli atmosfera havosi bir muncha tozalanganligi bu xammamiz uchun juda quvonarli holatdir. Ushbu saytda eʼlon qilingan Diloromxon opa Yormatovaning maqolasiga koʻra, ozon tuynuklari ham yopilganligini aytmoqdalar. Albatta, atmosfera havosining toza boʻlishi inson sogʻligiga taʼsiri juda katta va juda foydalidir. Shuningdek, har bir insonga atmosferani toza saqlash asosiy vazifamiz ekanligiga chorlov vazifasini oʻtaydi.
    Foydali maslahatlar va taxliliy maʼlumotlar uchun muallifga hamda ushbu sayt tashkilotchisi Raʼnoxon opa Zaripovaga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

    Hafiza Karimova
    .

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.