Muhammad Al Xorazmiy izdoshlari

0
476
marta koʻrilgan.

TATU Urganch filialida oʻtkazilgan  ilmiy-texnik anjuman  “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri, professor-oʻqituvchi, Firnafas aka Yusupovning 70 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Olim va ustoz ellik yildirki, koʻplab innovatsion gʻoyalarning sohibi boʻlib, informatika va taʼlim sohasi taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotir.

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologyalari universiteti Urganch filialida “Muhammad al Xorazmiy izdoshlari” mavzusida  ilmiy-texnik anjuman boʻlib oʻtdi.  Anjumanda oltita shoʻba doirasida  turli mavzular va masalalar qamrab olindi.  Tabiiy va aniq fanlar rivojlanishining dolzarb muammolari, taʼlim tizimiga innovatsion, pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish muammolari, axborot texnologiyalari va elektron hukumat tizimining zamonaviy muammolari, ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish, algoritmlash va dasturiy vositalarini yaratish,  telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining rivojlanish tamoyillari, muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini yaratishning ilmiy amaliy asoslari shular jumlasidandir.

Anjumanga respublikamizning turli viloyatlaridan ellikka yaqin yosh olimlar, professorlar, dotsentlar, magistr va talabalar tashrif buyurdilar.

Anjuman ustozning muborak yoshini  qutlash bilan boshlandi. Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Urganch filiali direktori Umidbek Hayitmetov, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Zafarbek Karimov, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Nukus filiali professori, “Dasturiy-injiniring” kafedrasi mudiri Netbay Utilbayev Firnafas aka Yusupovning ellik yil davomida sohani rivojlantirish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqish va amalda  tatbiq etishdagi  benazir xizmatlari, namunali va ibratli  hayoti, ustozlik martabasi haqida atroflicha gapirdilar.

Shu kuni uzoq va yaqindan kelgan doʻstlari, hamkasblari va  shogirdlari ustozning muborak yoshga toʻlishi munosabati bilan qizgʻin tabrikladilar. Biz-talabalar ustozimizning ibratli hayoti yoʻli, faoliyati haqida yangi tayyorlangan videofilmni tomosha qilib, ustozning munosib izdoshi va davomchilari boʻlish muqaddas burchimiz ekanligini dildan angladik.

Tadbirning  ikkinchi kunida maʼruza qatnashchilarini taqdirlash va Xivaga sayohat uyushtirildi.                                                  

 Gulyor Palvanova, TATU Urganch filiali talabasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.