Nega Makkai munavvarada aeroport yoʻq?

0
271
marta koʻrilgan.

Nima uchun Makkai munavvarada  aeroport yoʻq? Chunki, KAʼBA ustidan samolyot uchib oʻtishi mumkin emas. Darhaqiqat, Makkai munavvaraga borayotgan barcha ziyoratchilarning samolyoti Jidda shahriga qoʻnadi. Nima uchun? 

Ushbu  maʼlumotdan xabar topgan insonlarning  koʻpchiligi Islom dinini qabul qilishmoqda.

KAʼBAI muazzama — yerning markazida joylashgan. U hech qanday eʼtirozsiz va deformatsiyasiz yerning oʻrtasida, markazida joylashgan. Muqaddas dargoh tortish kuchining markazi boʻlganligi sababli, butun magnit zaryadlarini oʻz ichiga tortib turadi. Ushbu maskan quyosh chiqishining birinchi nuqtasi. Tortish kuchi yuqori darajada boʻlganligi uchun KAʼBAI muazzamaning   ustidan samolyot nari tursin, jajji qushlar ham uchib oʻta olmaydi. Eʼtibor berib tursam, qushlar KAʼBA atrofini aylanadi, biroq,  zinxor ustidan uchib oʻta olmaydi.

Atmosfera bosimi kuchliligi, vaakum ostidagi havo harorati mavdudligi Butun Islom olami uchun qibla boʻlgan Kaʼbai muazzamani oʻz bagʻriga olgan ziyoratgohning ustidan uchib oʻtishga toʻsqinlik qiladi. Bu xodisa ilmu fan bilan isbotlangan,  tasdiqlangan.

KAʼBAI muazzama — yerning nuri! Nur KAʼBAI muazzamadan taraladi, Nur boʻshliqni va osmonu falakni kesib oʻtadi. Yettinchi osmonda Arshi aʼlo bilan tutashadi. KAʼBAI muazzama aynan Arshi aʼloning tagida joylashgan. KAʼBAI muazzama, qora tosh shundayin ulugʻ joyki, Arshi aʼloning soyasi! Shuning uchun «ALLOHNING YERDAGI UYI»- deb aytiladi.

“Qisasi Rabgʻuziy” asaridan:  Jabroil farishta keldi, yorliq keltirdi: ”Odamlarga haj haqida xabar ber”. Ibrohim paygʻambar Qubbays togʻiga chiqdi. Va daʼvat etdi: – Ey, odamlar, darxaqiqat Olloh taolo sizlar uchun bir uy qurib qoʻydi. Va uni ziyorat qilib turishni buyurdi. Bas, ziyoratga kelinglar.

Ota pushtidagi, Ona rahmidagi moʻminu moʻminotlar javob berdilar: Labbay, ey, Alloh,  labbay, ey sherigi yoʻq, labbay xaqiqiy maqtashlikka loyiq. Neʼmat va hukm faqat senga xosdur. Senga hech bir sherik yoʻqdur.

Aytishlaricha, kimki u paytda javob aytgan boʻlsa, yoʻqsil boʻlsa ham haj oʻtagay. Kim javob bermagan boʻlsa, qanchalik kuchli va boyvachcha boʻlsa ham haj oʻtamagay”.

Kaʼbatulloh  kunu tun gavjum, hayratlanarli, haybatli, tavsifiga til ojiz. Ulugʻvorligidan ziyoratchilar qadami yetganidan  sajdaga bosh qoʻyishadi. «Subhonallohi va bihamdihi, subhanallohi al-azim!» ulugʻlashadi.

Allohim, ezgu niyatli  barchamizni Kaʼbatullohning haj ziyoratiga yetkazaversin! 👇🏻

 R. Zaripova tayyorladi. Muallif olgan foto suvrat

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.