Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 29-iyun -3 iyul kunlari boʻlib  oʻtadi

0
205
marta koʻrilgan.

Prezident maktablariga saralash bosqich imtihonlari 29-iyun -3 iyul kunlari boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi Axborot xizmati.

 1-22 iyun davomida jami 28 446 nafar talabgor hujjat topshirgan. Shundan 9260 tasi (32,5%) onlayn, 19 186 nafari (67,5%) esa oflayn usulda, yaʼni bevosita qabul markazlari orqali hujjat topshirgan.

Onlayn topshirilgan, ammo belgilangan talablarga javob bermagan va rad etilgan hujjatlar soni 791 tani tashkil etgan boʻlsa, ota-onalarga tahrirlashga yuborilgan, ammo tahrirlanmagan arizalar soni 211 tani tashkil etdi.

Topshirilgan umumiy 28 446 talabgordan 27 446 tasi saralash bosqich imtihonidan oʻtish imkoniga ega boʻlishdi.

Hududlar boʻyicha eng koʻp – 7 724 ta hujjat Namangan viloyatidagi Prezident maktabiga kelib tushgan. Qoraqalpogʻistonda 7 456 ta, Xorazmda 6 503 ta, Toshkent shahrida 5 763 ta hujjat qabul qilingan.

Eng koʻp – 8 727 ta ariza 5-sinf uchun qabul qilingan, eng past koʻrsatkich 10-sinflar orasida – 2 350 ta.

Imtihonlarni davlat (oʻzbek) tilida topshiruvchi oʻquvchilar soni 22 051, qoraqalpoq tilida 4 847 nafarni tashkil qilgan boʻlsa, ingliz tilida topshiruvchilar soni 621 nafarni tashkil etdi.

Bir oʻringa oʻrtacha raqobat 49 oʻquvchini tashkil etgan boʻlsa, eng yuqori raqobat 5-sinfga topshirgan talabgorlar oʻrtasida – 1 oʻringa 92 nafar oʻquvchini (Namanganda 118 oʻquvchi) tashkil etadi.

Prezident maktablariga topshirgan talabgorlarning soni rejalashtirilgandan ham oshib ketganligi sababli kirish imtihonlarini oʻtkazishga masʼul chet ellik tashkilot Cambridge assessment – saralash bosqich imtihonlarini (pre-selection) oʻtkazilishi lozimligi maʼlum qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.