Ichki ishlar organlarining xodimlari farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalarida qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi

0
306
marta koʻrilgan.

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalarida qoʻshimcha uch foizli davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi. Unga koʻra respublikadagi 89 ta OTMda jami 551 ta kvota ajratilgan. Bu haqda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining telegramdagi rasmiy kanalida xabar beriladi. 

Shuningdek, Quroli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun ham qoʻshimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratiladi. Unga koʻra, respublikadagi 89 ta OTMda jami 928 ta kvota belgilandi.

 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun esa qoʻshimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul tasdiqlanib, respublikadagi 89 ta OTMda jami 1035 ta kvota ajratilgan.

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan qoʻshimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari belgilanib, respublikadagi 89 ta OTMda jami 2068 ta kvota ajratilgan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.