Shijoatli va aqila Soraxonim!

0
29
marta koʻrilgan.

Koʻksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi. Muhtarama opa-singillarimizni samimiy qutladi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini toʻliq taʼminlash, qadr-qimmatini ulugʻlash davlatimiz siyosatida yetakchi oʻrinda ekanini taʼkidladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 3 martdagi qaroriga binoan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan, 4 martdagi farmonga muvofiq, mehnat faoliyati va jamoat ishlarida katta natijalarga erishgan bir guruh ayollar orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Ular safida militsiya polkovnigi Soraxon Axmedova ham bor. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining maʼmuriy huquq kafedrasi professori Axmedova Soraxon Tolipjanovna II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan  taqdirlandi.

 Yoshlarga namuna qilsa arziydigan ulugʻvor hayot yoʻlini bosib oʻtgan shijoatli va aqila Soraxon Axmedovaning faoliyati haqidagi videotasvirni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Shijoatli va aqila Soraxonimni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Gujum.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.